Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Navro‘z an’anasi: talabalar turar joyida sumalak sayli

Navro‘z an’anasi: talabalar turar joyida sumalak sayli

25.03.2026 soat 19:00YangiliklarMatbuot22

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 1-sonli talabalar turar joyida talabalar ishtirokida Navro‘z an’analariga xos bo‘lgan sumalak tayyorlash jarayoni qizg‘in davom etmoqda.
Talabalar milliy qadriyatlarimizni e’zozlab, o‘zaro hamjihatlik va ko‘tarinki kayfiyatda sumalak qaynatishmoqda. Ushbu jarayon nafaqat bayramona muhitni yanada boyitmoqda, balki yoshlar qalbida milliy an’analarga hurmat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Ana shunday ezgu an’analar orqali talaba-yoshlar o‘rtasida do‘stlik, birdamlik va mehr-oqibat muhiti yanada mustahkamlanmoqda.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: