Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Dasturchi qizlar” loyihasi doirasida Pedagogika texnikumida uchrashuv o‘tkazildi

“Dasturchi qizlar” loyihasi doirasida Pedagogika texnikumida uchrashuv o‘tkazildi

30.03.2026 soat 12:31UchrashuvlarMatbuot351 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti muhandis-dasturchisi D.Begmurodov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Inatullayeva “Dasturchi qizlar” loyihasi doirasida Kattaqo‘rg‘on shahridagi Pedagogika texnikumiga tashrif buyurib, o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Uchrashuv davomida bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi, xususan, dasturlash sohasining dolzarbligi, bu yo‘nalishda yoshlarning, ayniqsa, qizlarning faolligini oshirish masalalari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga dasturlash asoslari, zamonaviy IT kasblarining istiqbollari, raqamli texnologiyalar orqali o‘z salohiyatini namoyon etish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, mazkur loyiha doirasida texnikumda “Dasturchi qizlar” to‘garagini tashkil etish, robototexnika va raqamli xavfsizlik yo‘nalishlarida qo‘shimcha to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ularning uzluksiz va samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan aniq taklif va tashabbuslar ilgari surildi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: