
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti muhandis-dasturçisi D.Begmurodov hamda xotin-qizlar masalalari böyiça rektor maslahatçisi G.Inatullayeva “Dasturçi qizlar” loyihasi doirasida Kattaqörğon şahridagi Pedagogika texnikumiga taşrif buyurib, öquvçi-yoşlar bilan uçraşuv ötkazdilar.
Uçraşuv davomida bugungi kunda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanişi, xususan, dasturlaş sohasining dolzarbligi, bu yönalişda yoşlarning, ayniqsa, qizlarning faolligini oşiriş masalalari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan öquvçilarga dasturlaş asoslari, zamonaviy IT kasblarining istiqbollari, raqamli texnologiyalar orqali öz salohiyatini namoyon etiş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Şuningdek, mazkur loyiha doirasida texnikumda “Dasturçi qizlar” tögaragini taşkil etiş, robototexnika va raqamli xavfsizlik yönalişlarida qöşimça tögaraklar faoliyatini yölga qöyiş, ularning uzluksiz va samarali işlaşini taʼminlaş yuzasidan aniq taklif va taşabbuslar ilgari surildi.