Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi

Talabalar “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”ga tashrif buyurishdi

31.03.2026 soat 17:05YangiliklarMatbuot251 daqiqada o'qiladi

Siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularni keng jamoatchilikka targ‘ib etish hamda xotirasini abadiylashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli reja-grafigi ijrosini ta’minlash doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti mas’ullari hamda talabalari Samarqand shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga, shuningdek, bir guruhi Kattaqo‘rg‘on shahrida joylashgan Shahidlar xotirasi maydoniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida muzey xodimlari tomonidan yurtimiz tarixida yuz bergan fojiali voqealar, nohaq qatag‘on qurboniga aylangan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, ularning boy ma’naviy merosi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olib, tarixiy jarayonlarga nisbatan yanada chuqurroq qiziqish va hurmat tuyg‘ularini shakllantirdilar. Mazkur tashrif yoshlar qalbida milliy xotira, vatanparvarlik va tarixiy merosga ehtirom ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: