
Siyosiy qatağon qurbonlari hayoti va faoliyatini örganiş, ularni keng jamoatçilikka tarğib etiş hamda xotirasini abadiylaştiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegişli reja-grafigi ijrosini taʼminlaş doirasida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti masʼullari hamda talabalari Samarqand şahridagi “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyiga, şuningdek, bir guruhi Kattaqörğon şahrida joylaşgan Şahidlar xotirasi maydoniga taşrif buyurdilar.
Taşrif davomida muzey xodimlari tomonidan yurtimiz tarixida yuz bergan fojiali voqealar, nohaq qatağon qurboniga aylangan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, ularning boy maʼnaviy merosi haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
Talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga atrofliça javob olib, tarixiy jarayonlarga nisbatan yanada çuqurroq qiziqiş va hurmat tuyğularini şakllantirdilar. Mazkur taşrif yoşlar qalbida milliy xotira, vatanparvarlik va tarixiy merosga ehtirom ruhini mustahkamlaşga xizmat qildi.