Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi – 2026” sport musobaqalariga tantanali start berildi

“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi – 2026” sport musobaqalariga tantanali start berildi

07.04.2026 soat 17:57Sport OlimpiadalariMatbuot271 daqiqada o'qiladi

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali ravishda start berildi.
Mazkur tadbirda institut rektori Sherzod Urakov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar. Tadbir avvalida ishtirokchilarni qutlar ekan, institut rektori o‘z nutqida ushbu sport musobaqalarining ahamiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.
“Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari talaba-sportchilar uchun o‘z iqtidor va salohiyatini namoyon etish, jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda muhim maydon vazifasini o‘taydi. Shuningdek, ushbu musobaqalar orqali yangi iste’dod egalari kashf etilib, istiqbolli sportchilar saralab olinadi hamda kelgusida xalqaro maydonlarda, xususan, Olimpiada o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar yetishib chiqishiga zamin yaratiladi.
Tadbir davomida sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha musobaqalarga rasman start berildi. Ishtirokchilarga omad tilanib, halollik, do‘stlik va sportga xos yuksak madaniyat ruhida bellashishlari ta’kidlandi.
Mazkur musobaqalar institutda sportni yanada rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Qo'shimcha rasmlar8

Ulashish: