
Bugun Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga tantanali ravişda start berildi.
Mazkur tadbirda institut rektori Şerzod Urakov, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar faol iştirok etdilar. Tadbir avvalida iştirokçilarni qutlar ekan, institut rektori öz nutqida uşbu sport musobaqalarining ahamiyatiga alohida töxtalib ötdi.
“Yangi Özbekiston talabalari Olimpiadasi” sport musobaqalari talaba-sportçilar uçun öz iqtidor va salohiyatini namoyon etiş, jismoniy tayyorgarligini yanada mustahkamlaş hamda soğlom turmuş tarzini keng tarğib etişda muhim maydon vazifasini ötaydi. Şuningdek, uşbu musobaqalar orqali yangi isteʼdod egalari kaşf etilib, istiqbolli sportçilar saralab olinadi hamda kelgusida xalqaro maydonlarda, xususan, Olimpiada öyinlarida yurtimiz şarafini munosib himoya qiladigan sportçilar yetişib çiqişiga zamin yaratiladi.
Tadbir davomida sportning turli yönalişlari böyiça musobaqalarga rasman start berildi. Iştirokçilarga omad tilanib, halollik, döstlik va sportga xos yuksak madaniyat ruhida bellaşişlari taʼkidlandi.
Mazkur musobaqalar institutda sportni yanada rivojlantiriş, yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib etiş hamda iqtidorli sportçilarni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilişi bilan ahamiyatlidir.