Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Shahrisabz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

13.04.2026 soat 15:49Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot381 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamda Shahrisabz davlat pedagogika instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida bir qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Xususan, ta’lim sohasida ilg‘or metodika va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish yuzasidan tajriba almashish, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda ilmiy hamkorlikni kengaytirish, professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish orqali ma’ruzalar, interaktiv suhbatlar hamda mahorat darslarini tashkil etish rejalashtirildi.
Shuningdek, ikki va ko‘p tomonlama simpoziumlar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar, festivallar va ko‘rgazmalarni hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy va pedagogik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: