
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti hamda Şahrisabz davlat pedagogika instituti örtasida özaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida bir qator ustuvor yönalişlar belgilab olindi. Xususan, taʼlim sohasida ilğor metodika va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni rivojlantiriş yuzasidan tajriba almaşiş, özaro manfaatli yönalişlarda ilmiy hamkorlikni kengaytiriş, professor-öqituvçilar almaşinuvini yölga qöyiş orqali maʼruzalar, interaktiv suhbatlar hamda mahorat darslarini taşkil etiş rejalaştirildi.
Şuningdek, ikki va köp tomonlama simpoziumlar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari, ijodiy tanlovlar, festivallar va körgazmalarni hamkorlikda taşkil etiş böyiça kelişuvga erişildi.
Uşbu memorandum ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida ilmiy va pedagogik hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.