Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ta’lim sifati oyligi doirasida seminar-trening

Ta’lim sifati oyligi doirasida seminar-trening

15.04.2026 soat 17:07Ilmiy faoliyat yangiliklari281 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ta’lim sifati samaradorligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-trening davomida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida ta’lim sohasidagi muhim islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Sardor Umarov ishtirok etib, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish yo‘llari, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan islohotlar yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, mavzu doirasida muhim taklif va tavsiyalar bildirdilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: