
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Taʼlim sifati samaradorligi oyligi” doirasida seminar-trening taşkil etildi.
Mazkur seminar-trening davomida institut professor-öqituvçilari iştirokida taʼlim sohasidagi muhim islohotlar, zamonaviy yondaşuvlar hamda ilğor pedagogik tajribalar atrofliça muhokama qilindi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti Xalqaro taʼlim dasturlari markazi direktori, tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Sardor Umarov iştirok etib, professor-öqituvçilarning pedagogik mahoratini oşiriş, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniş yöllari, şuningdek, oliy taʼlim muassasalarida xalqaro hamkorlik doirasida amalga oşirilişi mumkin bölgan islohotlar yuzasidan batafsil maʼruza qildi.
Seminar-trening yakunida iştirokçilar özaro fikr almaşib, mavzu doirasida muhim taklif va tavsiyalar bildirdilar.