Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

2-sonli TTJda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

2-sonli TTJda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

17.04.2026 soat 09:42YangiliklarMatbuot281 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 2-sonli talabalar turar joyida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida Kattaqo‘rg‘on shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan talabalar turar joyida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘in holatlarida fuqarolarning hayotini saqlab qolish, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qilish hamda yong‘inni qisqa fursatda, talofatlarsiz bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar sinovdan o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida barcha tegishli xizmatlar – tez tibbiy yordam, elektr ta’minoti, hududgaz korxonasi hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari faol ishtirok etib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va samarali bajardilar.
Mazkur tadbir favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oshirish, xizmatlararo hamkorlikni mustahkamlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: