
Kattaqörğon davlat pedagogika institutining 2-sonli talabalar turar joyida maxsus-taktik öquv maşğuloti ötkazildi.
Maşğulot davomida Kattaqörğon şahar Favqulodda vaziyatlar bölimi tomonidan talabalar turar joyida yuzaga kelişi mumkin bölgan yonğin holatlarida fuqarolarning hayotini saqlab qoliş, ularni xavfsiz hududga evakuatsiya qiliş hamda yonğinni qisqa fursatda, talofatlarsiz bartaraf etiş böyiça amaliy könikmalar sinovdan ötkazildi.
Öquv maşğulotida barça tegişli xizmatlar – tez tibbiy yordam, elektr taʼminoti, hududgaz korxonasi hamda sanitariya-epidemiologiya xizmati vakillari faol iştirok etib, belgilangan vazifalarni öz vaqtida va samarali bajardilar.
Mazkur tadbir favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasini oşiriş, xizmatlararo hamkorlikni mustahkamlaş hamda yuzaga kelişi mumkin bölgan xavflarning oldini olişda muhim ahamiyat kasb etadi.