Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“O‘spirinlik: qalb va tafakkur chorrahasida” – ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi

“O‘spirinlik: qalb va tafakkur chorrahasida” – ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi

20.04.2026 soat 12:10YangiliklarMatbuot281 daqiqada o'qiladi

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi M.Kushanova tomonidan BT-25-06-guruh talabalari ishtirokida “O‘spirinlik: qalb va tafakkur chorrahasida” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan talabalar tomonidan nazariy ma’lumotlar berildi, ular tayyorlagan videorolik namoyish etildi hamda sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.
Tadbir jarayonida talabalar o‘spirinlik davrining o‘ziga xos jihatlari, ushbu bosqichda yuz beradigan psixik, fiziologik va axloqiy o‘zgarishlar, shuningdek, o‘spirin yoshlar orasida kuzatiladigan ijobiy va salbiy holatlar haqida fikr almashdilar.
Ishtirokchilarning aksariyati aynan shu yosh toifasiga mansub bo‘lganligi sababli, ular mavzuga chuqur, kreativ va katta qiziqish bilan yondashib, tadbirni ko‘tarinki ruhda tashkil etdilar. Tadbir ularda ko‘plab ijobiy emotsiyalar qoldirdi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: