
Maktabgaça va boşlanğiç taʼlim kafedrasi öqituvçisi M.Kuşanova tomonidan BT-25-06-guruh talabalari iştirokida “Öspirinlik: qalb va tafakkur çorrahasida” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Tadbir davomida mavzu yuzasidan talabalar tomonidan nazariy maʼlumotlar berildi, ular tayyorlagan videorolik namoyiş etildi hamda sahna körinişlari taqdim etildi.
Tadbir jarayonida talabalar öspirinlik davrining öziga xos jihatlari, uşbu bosqiçda yuz beradigan psixik, fiziologik va axloqiy özgarişlar, şuningdek, öspirin yoşlar orasida kuzatiladigan ijobiy va salbiy holatlar haqida fikr almaşdilar.
Iştirokçilarning aksariyati aynan şu yoş toifasiga mansub bölganligi sababli, ular mavzuga çuqur, kreativ va katta qiziqiş bilan yondaşib, tadbirni kötarinki ruhda taşkil etdilar. Tadbir ularda köplab ijobiy emotsiyalar qoldirdi.