Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Amir Temur va Temuriylar davri mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

Amir Temur va Temuriylar davri mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

23.04.2026 soat 18:04YangiliklarMatbuot251 daqiqada o'qiladi

Pedagogika fakultetida Sohibqiron Amir Temur va Temuriylar davri madaniyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda fakultet dekani A.Saidov, Amaliy fanlar va sport kafedrasi mudiri S.Egamov, dekan o‘rinbosari M.Xolmurodov hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida Amir Temur asos solgan davlatchilik an’analari, uning dono va uzoqni ko‘zlagan siyosati, shuningdek, Temuriylar davrida ilm-fan va madaniyatning yuksalishi xususida atroflicha fikr almashildi.
Shu bilan birga, talabalar tomonidan Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, tadbirga alohida ruh va mazmun bag‘ishladi.
Tadbir yakunida bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning tarixiy bilimlarini oshirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: