Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ta’lim sifati oyligi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

Ta’lim sifati oyligi doirasida seminar-trening o‘tkazildi

23.04.2026 soat 17:10Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot22

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ta’lim sifati samaradorligi oyligi” doirasida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda institut professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, ta’lim sohasidagi muhim islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda ilg‘or pedagogik tajribalar keng muhokama qilindi.
Tadbirda Samarqand davlat universiteti “Dasturiy injiniring” kafedrasi mudiri, dotsent Ozod Yusupov ishtirok etib, informatika fanining dolzarb muammolari, sun’iy intellekt hamda uning hayotdagi o‘rni haqida atroflicha ma’ruza qildi.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, mavzu doirasida muhim taklif va tavsiyalar bildirdilar.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: