Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“O‘qituvchi professionalligini oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

“O‘qituvchi professionalligini oshirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

25.04.2026 soat 16:23SeminarlarMatbuot241 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Ta’lim sifati samaradorligi oyligi” doirasida “O‘qituvchi professionalligini oshirish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur seminar-treningda pedagogika sohasi bo‘yicha tajribali mutaxassis, zamonaviy ta’lim texnologiyalari targ‘ibotchisi Ravshan Ishmuxammedov ishtirok etdi.
Seminar davomida Ravshan Ishmuxammedov tomonidan professor-o‘qituvchilarga kasbiy mahoratni oshirish yo‘llari, zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish, innovatsion ta’lim texnologiyalarini amaliyotga joriy etish, auditoriya bilan samarali ishlash usullari, shuningdek, professional o‘sish va motivatsiyani kuchaytirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi hamda mazkur yo‘nalishlar keng yoritildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda amaliy tavsiyalar bilan boyitildilar.

Qo'shimcha rasmlar7

文件

Ulashish: