
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Taʼlim sifati samaradorligi oyligi” doirasida “Öqituvçi professionalligini oşiriş” mavzusida seminar-trening taşkil etildi.
Mazkur seminar-treningda pedagogika sohasi böyiça tajribali mutaxassis, zamonaviy taʼlim texnologiyalari tarğibotçisi Ravşan Işmuxammedov iştirok etdi.
Seminar davomida Ravşan Işmuxammedov tomonidan professor-öqituvçilarga kasbiy mahoratni oşiriş yöllari, zamonaviy pedagogik kompetensiyalarni rivojlantiriş, innovatsion taʼlim texnologiyalarini amaliyotga joriy etiş, auditoriya bilan samarali işlaş usullari, şuningdek, professional ösiş va motivatsiyani kuçaytiriş masalalari yuzasidan maʼruza qilindi hamda mazkur yönalişlar keng yoritildi.
Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar hamda amaliy tavsiyalar bilan boyitildilar.