Asosiy mazmunga o'tish
Saytda texnik ishlar olib borilmoqda: bir necha daqiqa ba'zi bo'limlar ishlamasligi mumkin.
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

26.04.2026 soat 15:09YangiliklarMatbuot201 daqiqada o'qiladi

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan shoirning dilbar va mazmunan teran she’rlari ifodali tarzda o‘qildi. Shuningdek, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar, adabiy muhokamalar tashkil etildi.
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida, oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. O‘rta maktabni tamomlagach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida tahsil olib, 1978-yilda uni muvaffaqiyatli bitirgan.
Shoir mehnat faoliyatini turli nufuzli tashkilotlarda davom ettirgan: 1978-1980-yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980–1986-yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986–1992-yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, 1992–1995-yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida hamda O‘zbekiston Axborot agentligida samarali faoliyat yuritgan. 1995-1996-yillarda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan. 1997-yildan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Shoir o‘zining Vatanga muhabbat, xalq dardi va milliy g‘ururni kuylagan she’rlari bilan keng kitobxonlar qalbidan chuqur joy olgan. Xususan, “Ulug‘imsan, Vatanim” kabi asarlari uning ijodiy merosida alohida o‘rin tutadi.

Qo'shimcha rasmlar5

文件

Ulashish: