
Özbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi taşabbusi bilan Özbekiston xalq şoiri Muhammad Yusuf xotirasiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan şoirning dilbar va mazmunan teran şeʼrlari ifodali tarzda öqildi. Şuningdek, uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bağişlangan fikr-mulohazalar, adabiy muhokamalar taşkil etildi.
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunçi qişloğida, oddiy dehqon oilasida tavallud topgan. Örta maktabni tamomlagaç, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida tahsil olib, 1978-yilda uni muvaffaqiyatli bitirgan.
Şoir mehnat faoliyatini turli nufuzli taşkilotlarda davom ettirgan: 1978-1980-yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980–1986-yillarda “Toşkent oqşomi” gazetasida, 1986–1992-yillarda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va sanʼat naşriyotida, 1992–1995-yillarda “Özbekiston ovozi” gazetasida hamda Özbekiston Axborot agentligida samarali faoliyat yuritgan. 1995-1996-yillarda esa Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasida tahsil olgan. 1997-yildan boşlab Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan.
Şoir özining Vatanga muhabbat, xalq dardi va milliy ğururni kuylagan şeʼrlari bilan keng kitobxonlar qalbidan çuqur joy olgan. Xususan, “Uluğimsan, Vatanim” kabi asarlari uning ijodiy merosida alohida örin tutadi.