Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Institutda “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi

Institutda “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari o‘tkazildi

06.05.2026 soat 10:52Sport klubiMatbuot17

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida rektor buyrug‘iga asosan har haftaning chorshanba kuni “Sport kuni” etib belgilandi.
Bugun erta tongdan Yoshlar yetakchisi H.Rashidov boshchiligida talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar ishtirokida badantarbiya mashqlari o‘tkazildi. Institut sport zalida talabalar faolligi yuqori bo‘lib, voleybol va stol tennisi bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga xizmat qilmoqda. Keyinchalik sport tadbirlari doirasida boshqa sport turlari bo‘yicha ham musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan, bu borada ma’lumotlar berib boramiz.

Qo'shimcha rasmlar4

文件

Ulashish: