Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Oila ma’naviyati mustahkamligi

Oila ma’naviyati mustahkamligi

13.05.2026 soat 16:05YangiliklarMatbuot311 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 15-son majlis bayoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “15-may – Xalqaro oila kunini keng nishonlash va 1-maydan 30-maygacha “Oilamiz – kelajagimiz” oyligini o‘tkazish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”ning 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan psixologlar tomonidan “Oila ma’naviyati mustahkamligi” hamda “Oilaga sharqona sadoqat” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda oilada sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, o‘zaro hurmat va sadoqat tamoyillarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, oilaviy munosabatlarda mehr-oqibat, mas’uliyat va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr almashildi.
Mazkur tadbirlar yoshlar ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish, sog‘lom va mustahkam oilani shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: