
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 21-apreldagi 15-son majlis bayoni 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “15-may – Xalqaro oila kunini keng nişonlaş va 1-maydan 30-maygaça “Oilamiz – kelajagimiz” oyligini ötkaziş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi”ning 10-bandida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş maqsadida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar taşkil etildi.
Institut Xotin-qizlar maslahat kengaşi taşabbusi bilan psixologlar tomonidan “Oila maʼnaviyati mustahkamligi” hamda “Oilaga şarqona sadoqat” mavzularida maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar ötkazildi.
Uçraşuvlarda oilada soğlom maʼnaviy muhitni şakllantiriş, milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş, özaro hurmat va sadoqat tamoyillarini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Şuningdek, iştirokçilar bilan oçiq muloqot taşkil etilib, oilaviy munosabatlarda mehr-oqibat, masʼuliyat va hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr almaşildi.
Mazkur tadbirlar yoşlar ongida oilaviy qadriyatlarga hurmat tuyğusini kuçaytiriş, soğlom va mustahkam oilani şakllantirişga xizmat qilmoqda.