Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Talabalar uchun psixologik trening tashkil etildi

Talabalar uchun psixologik trening tashkil etildi

23.05.2026 soat 15:38YangiliklarMatbuot211 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ehtiyojmand oila farzandlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularga psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida 1-sonli talabalar turar joyida psixologik trening tashkil etildi. Trening institutning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi G.Inatullayeva tomonidan talabalar ishtirokida olib borildi.
Mazkur trening davomida stressli holatlardan chiqish, muammolarni to‘g‘ri qabul qilish va ularni samarali hal etish, shuningdek, muvaffaqiyatga erishish yo‘llari yuzasidan tavsiyalar berildi. Interaktiv usullar asosida tashkil etilgan trening qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Tadbir talabalarning psixologik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularning ruhiy barqarorligini oshirish hamda ijobiy motivatsiyasini shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish: