Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

INSTITUTNING XALQARO ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

INSTITUTNING XALQARO ALOQALARI MUSTAHKAMLANMOQDA

06.06.2026 soat 09:45Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot311 daqiqada o'qiladi

Avval xabar qilganimizdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari Indoneziya Respublikasining Jakarta shahridagi Esa Unggul Universityda bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida institut vakillari universitetning qator kafedralari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolashga muvaffaq bo‘ldilar. Mazkur memorandumlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Hamkorlik kelishuvlarida professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar hamda ta’lim dasturlarini o‘zaro almashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ushbu hamkorlik istiqbolda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro tajribalarni keng joriy etish hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: