
Avval xabar qilganimizdek, Kattaqörğon davlat pedagogika instituti professor-öqituvçilari Indoneziya Respublikasining Jakarta şahridagi Esa Unggul Universityda bölib turibdi.
Taşrif doirasida institut vakillari universitetning qator kafedralari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolaşga muvaffaq böldilar. Mazkur memorandumlar ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi ilmiy-taʼlimiy hamkorlikni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Hamkorlik kelişuvlarida professor-öqituvçilar va talabalar akademik almaşinuvini yölga qöyiş, öquv-uslubiy adabiyotlar hamda taʼlim dasturlarini özaro almaşiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Uşbu hamkorlik istiqbolda taʼlim sifati va ilmiy salohiyatni oşiriş, xalqaro tajribalarni keng joriy etiş hamda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratadi.