Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda

Bitiruvchilar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda

16.06.2026 soat 09:59YangiliklarMatbuot371 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish hamda kasbiy faoliyatga yo‘naltirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda institutning 611 nafar bitiruvchisidan 405 nafari ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bu jami bitiruvchilarning 66,1 foizini tashkil etadi.
Qolgan 206 nafar bitiruvchining bandligini ta’minlash maqsadida manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, 117 nafar talaba bilan “Oliy ta’lim tashkiloti rektori – bitiruvchi talaba – tashkilot rahbari” formatida uch tomonlama shartnomalar tuzilgan.
Shuningdek, 27 nafar talaba (xorijiy til yo‘nalishi bitiruvchilaridan tashqari) chet tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lib, magistratura bosqichida tahsilni davom ettirish istagini bildirgan.
Bundan tashqari, 2 nafar nomdor davlat stipendiyasi sohibi magistratura bosqichiga kirishni rejalashtirmoqda.
Ayni paytda yana 60 nafar talaba bilan uch tomonlama shartnomalar tuzish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda. Ularning 4 nafari nogironligi bo‘lgan shaxslar hisoblanadi.
Institut tomonidan bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularning mehnat bozorida munosib o‘rin egallashiga ko‘maklashish hamda kelgusidagi kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Ulashish: