
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş, ularni munosib iş örinlariga joylaştiriş hamda kasbiy faoliyatga yönaltiriş borasida tizimli işlar olib borilmoqda.
Bugungi kunda institutning 611 nafar bitiruvçisidan 405 nafari iş bilan taʼminlangan bölib, bu jami bitiruvçilarning 66,1 foizini taşkil etadi.
Qolgan 206 nafar bitiruvçining bandligini taʼminlaş maqsadida manzilli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, 117 nafar talaba bilan “Oliy taʼlim taşkiloti rektori – bitiruvçi talaba – taşkilot rahbari” formatida uç tomonlama şartnomalar tuzilgan.
Şuningdek, 27 nafar talaba (xorijiy til yönalişi bitiruvçilaridan taşqari) çet tili böyiça xalqaro sertifikatlarga ega bölib, magistratura bosqiçida tahsilni davom ettiriş istagini bildirgan.
Bundan taşqari, 2 nafar nomdor davlat stipendiyasi sohibi magistratura bosqiçiga kirişni rejalaştirmoqda.
Ayni paytda yana 60 nafar talaba bilan uç tomonlama şartnomalar tuziş böyiça zarur çoralar körilmoqda. Ularning 4 nafari nogironligi bölgan şaxslar hisoblanadi.
Institut tomonidan bitiruvçilarning bandligini taʼminlaş, ularning mehnat bozorida munosib örin egallaşiga kömaklaşiş hamda kelgusidagi kasbiy rivojlanişini qöllab-quvvatlaş borasidagi işlar izçil davom ettirilmoqda.