Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Bitiruv malakaviy ishlari amaliyot maydonida himoya qilindi

Bitiruv malakaviy ishlari amaliyot maydonida himoya qilindi

16.06.2026 soat 15:26YangiliklarMatbuot311 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti tarixida ilk bor Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘z bitiruv malakaviy ishlarini bevosita amaliyot bazasi bo‘lib xizmat qilayotgan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida himoya qildilar.
Mazkur himoya jarayonida Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari, institut professor-o‘qituvchilari, 5-son DMTT direktori hamda tarbiyachilar ishtirok etdilar. Talabalar o‘zlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalarini taqdim etib, maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bayon qildilar.
Himoyalar belgilangan tartib va talablar asosida, ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda tashkil etildi. Ushbu tajriba talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Qo'shimcha rasmlar7

文件

Ulashish: