
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti tarixida ilk bor Maktabgaça taʼlim yönalişi bitiruvçi talabalari öz bitiruv malakaviy işlarini bevosita amaliyot bazasi bölib xizmat qilayotgan Kattaqörğon şahridagi 5-son davlat maktabgaça taʼlim taşkilotida himoya qildilar.
Mazkur himoya jarayonida Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari, institut professor-öqituvçilari, 5-son DMTT direktori hamda tarbiyaçilar iştirok etdilar. Talabalar özlarining ilmiy-amaliy tadqiqotlari natijalarini taqdim etib, maktabgaça taʼlim tizimini rivojlantirişga qaratilgan taklif va tavsiyalarini bayon qildilar.
Himoyalar belgilangan tartib va talablar asosida, oçiqlik hamda şaffoflik tamoyillariga rioya etilgan holda taşkil etildi. Uşbu tajriba talabalarning nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan uyğunlaştiriş, kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlaş hamda taʼlim va amaliyot integratsiyasini yanada kuçaytirişga xizmat qilmoqda.