Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Shenyang Normal University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Shenyang Normal University bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

22.06.2026 soat 15:47YangiliklarMatbuot281 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti prorektori Sirojiddin Elmonov joriy yilning 9–22-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning provinsiyasi hamda Chansha va Syantan shaharlarida tashkil etilgan “Ta’lim sohasidagi rahbarlarning boshqaruv kompetensiyalarini takomillashtirish” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda ishtirok etayotgaligini avvalroq xabar qilgan edik.
Xizmat safari davomida Xitoyning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Shenyang Normal University bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar jarayonida oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almashinuv va qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamda Shenyang Normal University o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish hamda ta’lim sifatini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirishga xizmat qiladi.
Ushbu hamkorlik Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish va ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish: