
Kattaqörğon davlat pedagogika instituti prorektori Sirojiddin Elmonov joriy yilning 9–22-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Liaoning provinsiyasi hamda Çanşa va Syantan şaharlarida taşkil etilgan “Taʼlim sohasidagi rahbarlarning boşqaruv kompetensiyalarini takomillaştiriş” mavzusidagi xalqaro seminar-treningda iştirok etayotgaligini avvalroq xabar qilgan edik.
Xizmat safari davomida Xitoyning nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblangan Şenyang Normal University bilan uçraşuv ötkazildi. Muzokaralar jarayonida oliy taʼlim, ilmiy-tadqiqot faoliyati, akademik almaşinuv va qöşma taʼlim dasturlarini amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Kattaqörğon davlat pedagogika instituti hamda Şenyang Normal University örtasida özaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy taʼlim muassasasi örtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma ilmiy loyihalarni amalga oşiriş hamda taʼlim sifatini xalqaro tajribalar asosida takomillaştirişga xizmat qiladi.
Uşbu hamkorlik Kattaqörğon davlat pedagogika institutining xalqaro aloqalarini kengaytiriş va taʼlim jarayoniga ilğor xorijiy tajribalarni joriy etiş yölidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.