Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi

29.06.2026 soat 11:57YangiliklarMatbuot231 daqiqada o'qiladi

2026-yil 11-iyunda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-1151-son) bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni takomillashtirishga qaratilgan yangi normalar belgilandi.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga quyidagi qo‘shimchalar kiritildi:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini ishlab chiqarish, tayyorlash yoki qayta ishlash maqsadida g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etgan shaxslar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni iste’mol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil etish yoki uni saqlash 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari, shuningdek, kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilganlik uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan;
kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni o‘g‘rilik yoki firibgarlik yo‘li bilan qonunga xilof ravishda egallagan shaxslarga 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llaniladi.

Ulashish: