
2026-yil 11-iyunda qabul qilingan “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Qonun (ÖRQ-1151-son) bilan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari bilan boğliq jinoyatlar uçun javobgarlikni takomillaştirişga qaratilgan yangi normalar belgilandi.
Qonunga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga quyidagi qöşimçalar kiritildi:
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini işlab çiqariş, tayyorlaş yoki qayta işlaş maqsadida ğayriqonuniy narkolaboratoriya taşkil etgan şaxslar 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari yoki kuçli taʼsir qiluvçi moddalarni isteʼmol qiliş yoxud tarqatiş uçun bangixona taşkil etiş yoki uni saqlaş 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi belgilandi;
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari, şuningdek, kuçli taʼsir qiluvçi moddalarning qonunga xilof muomalasiga homiylik qilganlik uçun 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan;
kuçli taʼsir qiluvçi yoki zaharli moddalarni öğrilik yoki firibgarlik yöli bilan qonunga xilof ravişda egallagan şaxslarga 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari, 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi qöllaniladi.