Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif

Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif

07.08.2026 soat 16:05YangiliklarMatbuot281 daqiqada o'qiladi

🕌 Islom sivilizatsiyasi markaziga ma’rifiy tashrif
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 25 nafar talaba va professor-o‘qituvchilari Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, xalqimizning boy ilmiy, tarixiy va ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qo‘lyozmalar, qadimiy tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar hamda xalqimizning ko‘p asrlik ilmiy-ma’rifiy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Ekskursiya jarayonida talabalarga yurtimiz hududida yetishib chiqqan buyuk allomalar, mutafakkirlar va olimlarning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, ularning matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, geografiya va boshqa fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, markazdagi interaktiv va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilgan ekspozitsiyalar yoshlarning tarixiy jarayonlarni yanada chuqurroq anglashiga, ajdodlarimizning ilmiy merosi va ma’naviy qadriyatlarini kengroq tasavvur qilishiga imkon yaratdi.
Mazkur ma’rifiy tashrif talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatini oshirish, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish: