
🕌 Islom sivilizatsiyasi markaziga maʼrifiy taşrif
Bugun Kattaqörğon davlat pedagogika institutining 25 nafar talaba va professor-öqituvçilari Toşkent şahridagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurib, xalqimizning boy ilmiy, tarixiy va maʼnaviy merosi bilan yaqindan tanişdilar.
Taşrif davomida iştirokçilar markazda yaratilgan zamonaviy ekspozitsiyalar, noyob qölyozmalar, qadimiy tarixiy hujjatlar, nodir eksponatlar hamda xalqimizning köp asrlik ilmiy-maʼrifiy merosini aks ettiruvçi körgazmalarni katta qiziqiş bilan tomoşa qildilar.
Ekskursiya jarayonida talabalarga yurtimiz hududida yetişib çiqqan buyuk allomalar, mutafakkirlar va olimlarning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasi haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Xususan, ularning matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, geografiya va boşqa fanlar rivojiga qöşgan hissasi haqida qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.
Şuningdek, markazdagi interaktiv va zamonaviy texnologiyalar asosida taşkil etilgan ekspozitsiyalar yoşlarning tarixiy jarayonlarni yanada çuqurroq anglaşiga, ajdodlarimizning ilmiy merosi va maʼnaviy qadriyatlarini kengroq tasavvur qilişiga imkon yaratdi.
Mazkur maʼrifiy taşrif talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlaş, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatini oşiriş, ilm-fanga bölgan qiziqişini kuçaytiriş hamda vatanparvarlik tuyğularini yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etdi.