Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Kelajakka tadbirkori Expo-2026” ko‘rgazma-yarmarkasida

“Kelajakka tadbirkori Expo-2026” ko‘rgazma-yarmarkasida

27.08.2026 soat 14:55YangiliklarMatbuot211 daqiqada o'qiladi

Bugun Samarqand shahridagi “Motivatsiya maydoni” zonasida yoshlar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari uchun “Kelajakka tadbirkori Expo-2026” ko‘rgazma-yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining bitiruvchi kurs talabalari ham ishtirok etdi.
“O‘zmilliybank” AJ, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda “Ishga marhamat”, “Kasblar akademiyasi”, “Biznes laboratoriya” ko‘rgazmalari, biznes trening, “PQ–210” sonli qarori taqdimoti, yoshlarning startap g‘oyalari va kredit mahsulotlari taqdimotlari o‘tkazildi.
Shuningdek, “Mahallamiz tadbirkori” taqdimoti, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari bilan ochiq muloqot hamda taqdirlash marosimi tashkil etildi.
Tadbirning tantanali ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.
Ko‘rgazma-yarmarka yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning startap g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga qaratildi.

Qo'shimcha rasmlar8

Ulashish: