
Bugun Samarqand şahridagi “Motivatsiya maydoni” zonasida yoşlar va oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilari uçun “Kelajakka tadbirkori Expo-2026” körgazma-yarmarkasi bölib ötdi.
Unda Kattaqörğon davlat pedagogika institutining bitiruvçi kurs talabalari ham iştirok etdi.
“Özmilliybank” AJ, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda “Işga marhamat”, “Kasblar akademiyasi”, “Biznes laboratoriya” körgazmalari, biznes trening, “PQ–210” sonli qarori taqdimoti, yoşlarning startap ğoyalari va kredit mahsulotlari taqdimotlari ötkazildi.
Şuningdek, “Mahallamiz tadbirkori” taqdimoti, mutasaddi taşkilotlar rahbarlari bilan oçiq muloqot hamda taqdirlaş marosimi taşkil etildi.
Tadbirning tantanali oçiliş marosimida Samarqand viloyati hokimi örinbosari Rustam Qobilov iştirok etdi.
Körgazma-yarmarka yoşlarni tadbirkorlikka jalb etiş, ularning startap ğoyalarini qöllab-quvvatlaş va bandligini taʼminlaşga qaratildi.