Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi o‘tkazildi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi o‘tkazildi

28.08.2026 soat 11:17YangiliklarMatbuot25

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida ekologik mas’uliyatni oshirish, qog‘oz sarfini kamaytirish hamda ish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish maqsadida “Qog‘ozsiz bir kun” aksiyasi o‘tkazildi.
Aksiya doirasida institutning kundalik ish jarayonlarida qog‘ozdan foydalanish imkon qadar cheklangan holda, hujjatlar va xizmat yozishmalarini elektron shaklda yuritishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tashabbus orqali ish jarayonlarini raqamlashtirish, hujjatlar almashinuvini elektron shaklga o‘tkazish, vaqt va resurslardan samarali foydalanish hamda qog‘oz sarfini kamaytirishga qaratilgan amaliy choralar qo‘llab-quvvatlandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: