
Bugun Kattaqörğon davlat pedagogika institutida ekologik masʼuliyatni oşiriş, qoğoz sarfini kamaytiriş hamda iş jarayonlarida raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş maqsadida “Qoğozsiz bir kun” aksiyasi ötkazildi.
Aksiya doirasida institutning kundalik iş jarayonlarida qoğozdan foydalaniş imkon qadar çeklangan holda, hujjatlar va xizmat yozişmalarini elektron şaklda yuritişga alohida eʼtibor qaratildi.
Mazkur taşabbus orqali iş jarayonlarini raqamlaştiriş, hujjatlar almaşinuvini elektron şaklga ötkaziş, vaqt va resurslardan samarali foydalaniş hamda qoğoz sarfini kamaytirişga qaratilgan amaliy çoralar qöllab-quvvatlandi.