Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча
Mirjalol Qudratov Xitoydagi xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etadi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Qudratov Xitoy Xalq Respublikasida 2026-yil oktabr oyida tashkil etiladigan “Ta’lim sifatini boshqarish va xalqaro ilg‘or tajribalar” mavzusidagi bir haftalik xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etish huquqini beruvchi sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi hamda Malayziya xalqaro madaniy aloqalar markazi – ICCCM hamkorligida tashkil etilmoqda.
Dastur ta’lim sifatini boshqarish bo‘yicha xalqaro ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.
Mirjalol Qudratovni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz!




