Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ikki ta’lim dasturi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

Ikki ta’lim dasturi akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tdi

16.09.2026 soat 13:51YangiliklarMatbuot21

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Transport vositalari muhandisligi hamda Energetika muhandisligi ta’lim dasturlari Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan o‘tkazilgan maxsus davlat akkreditatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Akkreditatsiya jarayonida ta’lim dasturlarining belgilangan davlat ta’lim standartlari va talablariga muvofiqligi, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, moddiy-texnik baza, professor-o‘qituvchilarning salohiyati hamda ta’lim sifatini ta’minlash mexanizmlari kabi mezonlar kompleks baholandi.
Akkreditatsiya jarayonining ijobiy yakunlanishi institutda ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish borasidagi ishlarning amaliy natijasidir.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish: