Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Besh tashabbus olimpiadasi”: institut bosqichiga start berildi

“Besh tashabbus olimpiadasi”: institut bosqichiga start berildi

22.09.2026 soat 10:17Sport OlimpiadalariMatbuot271 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining institut bosqichiga start berildi.
Musobaqalarning ochilish marosimida institut rektori Sherzod Urakov ishtirok etib, sport bellashuvlarini rasman ochib berdi. Tadbirda fakultetlar dekanlari, dekan o‘rinbosarlari hamda professor-o‘qituvchilar qatnashdi.
Institut bosqichi mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Musobaqalar to‘rt bosqichda tashkil etilib, ishtirokchilar keyingi bosqichga yo‘llanma olish uchun o‘zaro bellashadilar.
Mazkur sport musobaqalari talaba-yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar3

文件

Ulashish: