
Kattaqörğon davlat pedagogika institutida “Beş taşabbus olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport musobaqalarining institut bosqiçiga start berildi.
Musobaqalarning oçiliş marosimida institut rektori Şerzod Urakov iştirok etib, sport bellaşuvlarini rasman oçib berdi. Tadbirda fakultetlar dekanlari, dekan örinbosarlari hamda professor-öqituvçilar qatnaşdi.
Institut bosqiçi mini-futbol, stol tennisi, voleybol, yengil atletika va stritbol sport turlari böyiça ötkaziladi. Musobaqalar tört bosqiçda taşkil etilib, iştirokçilar keyingi bosqiçga yöllanma oliş uçun özaro bellaşadilar.
Mazkur sport musobaqalari talaba-yoşlarning jismoniy faolligini oşiriş, sportga bölgan qiziqişini kuçaytiriş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş hamda soğlom turmuş tarzini tarğib etişga xizmat qiladi.