Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

“Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

22.09.2026 soat 15:48YangiliklarMatbuot141 daqiqada o'qiladi

Bugun, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvchi talabalarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ta’lim tashkilotlaridagi mavjud vakant lavozimlar haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Mehnat yarmarkasi davomida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi vakili Q.Sanayev tomonidan hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi.
Shuningdek, Kattaqo‘rg‘on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablari vakillari ishtirok etib, mavjud vakant ish o‘rinlari haqida bitiruvchi talabalarga ma’lumot berdilar va ularni ishga taklif qildilar.
Tadbir davomida bitiruvchi talabalar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi mehnat faoliyati yuzasidan zarur ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Mehnat yarmarkasi yakunida bitiruvchilar o‘zlariga ma’qul bo‘lgan ta’lim tashkilotlari bilan kelishuvga erishib, mehnat faoliyatini boshlash bo‘yicha tegishli shartnomalarni imzoladilar.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish: