
Bugun, Kattaqörğon davlat pedagogika institutida Kattaqörğon şahar Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş bölimi hamkorligida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi taşkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi bitiruvçi talabalarni munosib iş örinlariga yönaltiriş, ularning bandligini taʼminlaş hamda taʼlim taşkilotlaridagi mavjud vakant lavozimlar haqida maʼlumot berişdan iborat böldi.
Mehnat yarmarkasi davomida Kambağallikni qisqartiriş va bandlikka kömaklaşiş Kattaqörğon şahar bölimi vakili Q.Sanayev tomonidan hududdagi mavjud böş iş örinlari taqdimoti ötkazildi.
Şuningdek, Kattaqörğon şahar Maktabgaça va maktab taʼlimi bölimi tasarrufidagi maktabgaça taʼlim taşkilotlari hamda umumiy örta taʼlim maktablari vakillari iştirok etib, mavjud vakant iş örinlari haqida bitiruvçi talabalarga maʼlumot berdilar va ularni işga taklif qildilar.
Tadbir davomida bitiruvçi talabalar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qilib, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda kelgusidagi mehnat faoliyati yuzasidan zarur maʼlumotlarga ega böldilar.
Mehnat yarmarkasi yakunida bitiruvçilar özlariga maʼqul bölgan taʼlim taşkilotlari bilan kelişuvga erişib, mehnat faoliyatini boşlaş böyiça tegişli şartnomalarni imzoladilar.