Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi o‘tkazildi

“IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi o‘tkazildi

22.09.2026 soat 16:39YangiliklarMatbuot561 daqiqada o'qiladi

2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturining 22-bandi ta’lim tashkilotlarida “Bir qiz – bir mentor” dasturini joriy etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “IT Queens – Kelajakni yaratuvchi qizlar” tanlovi o‘tkazildi.
Joriy yilning 22-sentabr kuni institut Xotin-qizlar maslahat Kengashining tashabbusi bilan tashkil etilgan tanlovda talaba-qizlarning axborot texnologiyalari sohasidagi bilim va ko‘nikmalari, ijodiy yondashuvi hamda zamonaviy raqamli imkoniyatlardan foydalanish qobiliyati sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni institutning 1-bosqich talabasi Suvonova Feruzabonu egalladi.
G‘olib Suvonova Feruzabonu tanlovning viloyat bosqichida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti sharafini himoya qiladi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish: