Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

“Rektor kubogi” jamoaviy hamjihatlikni mustahkamladi

“Rektor kubogi” jamoaviy hamjihatlikni mustahkamladi

23.09.2026 soat 11:29Sport OlimpiadalariMatbuot25

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada institutning turli bo‘linmalaridan shakllantirilgan jamoalar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va g‘alabaga bo‘lgan intilishini namoyon etdi.
Sport musobaqasi xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga xizmat qilmoqda.
“Rektor kubogi” doirasidagi mini-futbol bahslari bugun ham davom etadi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar munosib taqdirlanadi.

Qo'shimcha rasmlar5

文件

Ulashish: