Asosiy mazmunga o'tish
本网站目前处于测试模式。某些功能可能不可用或无法按预期运行。

Bu sahifa hali 中文 tiliga tarjima qilinmagan, matn o'zbek tilida ko'rsatilmoqda. Mavjud tillar: O'zbekcha, Ўзбекча

Ta’lim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi

Ta’lim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish masalalari muhokama qilindi

23.09.2026 soat 13:01Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuot331 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari bilan hamkorlikda Zoom platformasi orqali amaliy seminar o‘tkazildi.
Unda kafedra mudiri, dotsent Javlon Quchqorov, professor-o‘qituvchilar, Narpay, Kattaqo‘rg‘on va Ishtixon tumanlari Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari mudirlari, ona tili va adabiyot hamda tarix fani o‘qituvchilari ishtirok etdi.
Seminarda bo‘lajak pedagoglarning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va amaliy tajriba, shuningdek, oliy ta’lim va ish beruvchi tashkilotlar hamkorligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbek tili va adabiyoti hamda Tarix ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilayotgan tanlov fanlarining maktablarda o‘qitiladigan fanlarga muvofiqligi ko‘rib chiqilib, ta’lim jarayoniga zarur fanlarni joriy etish bo‘yicha takliflar bildirildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.
Tadbir yakunida ta’lim mazmunini mehnat bozori talablari bilan uyg‘unlashtirish hamda oliy ta’lim va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish: